TISUda “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi
Termiz iqtisodiyot va servis universitetida 1-oktabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbir universitetning Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti tomonidan tashkillashtirildi. Bayramona kechada ustoz va murabbiylar, professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda mehmonlar ishtirok etishdi.
Dastlab, tadbir ishtirokchilari o‘qituvchilik kasbining muqaddasligi, ustozlarning yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni va jamiyat hayotidagi beqiyos xizmatlari haqida so‘z yuritdilar. So‘ngra talabalar tomonidan ustozlarga bag‘ishlab tayyorlangan she’rlar, kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari va badiiy chiqishlar namoyish etildi.


.jpg)
