Kun yangiligi
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti jamoasi uchun quvonchli xabar!
Universitetimizning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori, Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Xudayberdiyev Utkir Toshmuradovich O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘iga asosan “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi.
Mazkur e’tirof Utkir Toshmuradovichning oliy ta’lim tizimidagi samarali faoliyati, yoshlar tarbiyasiga qo‘shayotgan hissasi, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishdagi fidoyiligi hamda ta’lim sifatini oshirish yo‘lidagi tashabbuslari uchun berildi.
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti jamoasi Xudayberdiyev Utkir Toshmuradovichni ushbu yuksak mukofot bilan chin qalbdan tabriklaydi!
U. Xudayberdiyevga mustahkam sog‘lik, ilmiy faoliyatida yangi zafarlar, kelgusida yanada yuksak cho‘qqilarni zabt etishini tilab qolamiz!