TISUda navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Termiz iqtisodiyot va servis universitetida navbatdagi universitet Kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rahbariyati, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
Kun tartibida bir qator dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi. Jumladan:
Akademik guruh murabbiyligi faoliyatini baholash bo‘yicha KPI mezonlariga o‘zgartirishlar kiritish,
Universitet fakultetlarida o‘quv, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy sohalarda olib borilgan ishlar to‘g‘risida hisobotni tinglash,
Universitet Kengashi tarkibiga o‘zgartirish kiritish masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilish davomida har bir masala yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi, mavjud jarayonlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.
.jpg)
.jpg)
