Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar!
Termiz iqtisodiyot va servis universitetida 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni keng nishonlanmoqda. Har yili ushbu ayyom ustozlarga bo‘lgan yuksak ehtirom va cheksiz hurmat ifodasi sifatida alohida shukuh bilan o‘tkaziladi.
Ertalabdan universitet hovlisi bayramona ruhda bezatilib, talabalar professor-o‘qituvchilarni gullar bilan qarshi oldilar.
Darhaqiqat, inson hayotida ustozning o‘rni beqiyosdir. Zero, inson yashar ekan, unga bilim va ma’rifat dunyosi sari yo‘l ochib bergan, qalbiga yuksak insoniy fazilatlar, vatanparvarlik va mehr-oqibat tuyg‘ularini singdirgan ustozlarga nisbatan hamisha minnatdorchilik tuyg‘usi bilan yashaydi.




