Professor-o‘qituvchilar o‘rtasida sport musobaqalari

Professor-o‘qituvchilar o‘rtasida sport musobaqalari

  • 29.09.2025
  • 255
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida 1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan universitet professor-o‘qituvchilari o‘rtasida qiziqarli sport musobaqalari o‘tkazildi.

 

 Ushbu musobaqalar sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jamoa ruhini mustahkamlash, shuningdek, ustoz va murabbiylar o‘rtasida do‘stona muhitni kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan.

 

 Bellashuvlar davomida erkaklar o‘rtasida mini futbol, ayollar o‘rtasida esa voleybol musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Ustozlar sport maydonlarida ham o‘zlarining faol, g‘ayratli va jamoaviy ruhga ega ekanliklarini namoyon etishdi.

 

 Ayollar jamoalari o‘rtasidagi voleybol bahslari Termiz shahridagi Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida bo‘lib o‘tdi. O‘yinlar yuqori ruhda, qizg‘in va murosasiz kurashlarga boy tarzda o‘tkazildi. Har bir jamoa g‘alaba uchun bor kuchini safarbar etdi.

 

 Erkaklar o‘rtasidagi mini futbol musobaqalari ham katta qiziqish bilan o‘tdi. Professor-o‘qituvchilardan iborat jamoalar o‘z mahoratlari, jamoaviy harakatlari va g‘alabaga bo‘lgan intilishlari bilan barchaga ijobiy kayfiyat ulashdi.