TISUda rektor va magistratura talabalari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

TISUda rektor va magistratura talabalari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

  • 27.09.2025
  • 243
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida magistratura bosqichi talabalari ishtirokida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitet rektori A. Absamatov, magistratura bo‘limi boshlig‘i O‘. Abdinazarov hamda magistratura bosqichi talabalari qatnashdi.

 

Uchrashuv davomida talabalar bilan ilmiy-tadqiqot faoliyatining ahamiyati va afzalliklari, ilmiy maqola yozishning dolzarbligi hamda tadqiqotlarni sifatli tashkil etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

 

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining taklifiga ko‘ra, Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2025-yil 24-sentyabrdagi 375/2-son qarori bilan Termiz iqtisodiyot va servis universiteti huzurida PhD.03/24.09.2025.Fil.197.01 raqamli ilmiy kengash tashkil etilgani haqida ham ma’lumot berildi.

 

Mazkur kengash 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” ixtisosligi bo‘yicha dissertatsiyalar himoyalarini o‘tkazish hamda filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi kengash sifatida faoliyat yuritadi.

 

Yangi ilmiy kengashning tashkil etilishi universitet ilmiy salohiyatini yuksaltirish, filologiya yo‘nalishida ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash va yosh olimlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.