Termiz iqtisodiyot va servis universitetida yangi ilmiy kengash tuzildi

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida yangi ilmiy kengash tuzildi

  • 27.09.2025
  • 288
Blog Image

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vazirligining taklifiga koʻra, Oliy attestasiya komissiyasi Rayosatining 2025-yil 24-sentyabrdagi 375/2-son qarori bilan Termiz iqtisodiyot va servis universiteti huzurida PhD.03/24.09.2025.Fil.197.01 raqamli ilmiy kengash tuzildi.

 

Mazkur kengash 10.00.06 - "Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik" ixtisosligi bo‘yicha dissertatsiyalar himoyalarini o‘tkazish va filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi kengash sifatida faoliyat olib boradi. Bu esa nafaqat universitet ilmiy salohiyatini yuksaltirish, balki yosh olimlar va tadqiqotchilar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochishi bilan ham ahamiyatlidir.

 

Ushbu qaror Termiz iqtisodiyot va servis universitetining respublikadagi ilmiy-tadqiqot maydonida tutgan oʻrnini yanada mustahkamlaydi. Shu bilan birga, filologiya sohasidagi ilmiy izlanishlarni qoʻllab-quvvatlash, zamonaviy tadqiqotlar yoʻnalishlarini rivojlantirish hamda iqtidorli yoshlarni ilmga jalb etishga xizmat qiladi.