TISUda Butunjahon turizm kuni

Moliya va turizm kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 27-sentabr — Butunjahon turizm kuni munosabati bilan universitet foyesida madaniy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga turizm sohasiga oid qiziqarli ma’lumotlar taqdim etildi, tashqi va ichki turizm yo‘nalishlarining rivojlanishiga oid faktlar bilan tanishtirildi. Shuningdek, talabalarning bilim va faolligini sinovdan o‘tkazish maqsadida tezkor savol-javob shaklidagi viktorina tashkil etildi.
Viktorina yakunida g‘olib deb topilgan talabalar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Bunday tadbirlar orqali talabalarga nafaqat bilim berildi, balki ularga xush kayfiyat ham ulashildi.
Ma’lumot uchun aytish joizki, ushbu sana BMTning Xalqaro turizm tashkiloti — UNWTO tomonidan ilk bor 1979-yilda Ispaniyaning Torremolinos shahrida ta’sis etilgan. O‘shandan buyon 27-sentabr butun dunyoda Xalqaro turizm kuni sifatida keng nishonlanadi.