TISUda adabiy kecha bo‘lib o‘tdi

TISUda adabiy kecha bo‘lib o‘tdi

  • 25.09.2025
  • 95
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida "Yozuvchi, shoirlar va yoshlar" uchrashuvi o'tkazildi.

 

Mazkur tadbirda Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi raisi Mengnor Ollomurod, taniqli shoir, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Narzulla So‘fiyev, faxriy jurnalist, “Ma’naviyat” gazetasining bosh muharriri Norquvvat Torayev, universitet professor-o‘qituvchilari hamda "Mushoira" klubi koordinatori va  a'zolari  ishtirok etishdi.

 

Kechada talaba-yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish, kitobning inson ma’naviy hayotidagi beqiyos o‘rni xususida so‘z yuritildi. Shuningdek, yoshlarga adabiyot va matbuotning jamiyatdagi ahamiyati, jurnalistika sohasining mas’uliyati borasida samimiy suhbat o‘tkazildi.

 

Tadbirda, shuningdek, taniqli shoir Narzulla So‘fiyevning 80 yosh yubileyi nishonlandi. Unda shoirning o‘zbek adabiyotiga qo‘shgan hissasi, boy ijodiy merosi haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Kecha davomida shoir qalamiga mansub asarlardan namunalar ham o‘qib berildi.