“Ixtirochilik va ratsionalizatorlik” tanlovining hududiy bosqichi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-avgustdagi 440-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyati hokimligi tashabbusi bilan “Ixtirochilik va ratsionalizatorlik” tanlovining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, ishlab chiqarish korxonalari va umumta’lim muassasalaridan professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar hamda talabalar faol ishtirok etdi. Tanlov doirasida qatnashchilar o‘zlarining innovatsion ishlanmalarini taqdim etdilar.
Tanlov yakunida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti o‘zining innovatsion loyihalari bilan faol ishtirok etib, respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Shuningdek, tashkilotchilar ishtirokchilarga respublika bosqichi hamda “InnoWeek-2025” xalqaro innovatsion haftaligida ishtirok etish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berdilar.