“Eng yaxshi kitobxon o‘qituvchi” tanlovi bo‘lib o‘tdi

“Eng yaxshi kitobxon o‘qituvchi” tanlovi bo‘lib o‘tdi

  • 22.09.2025
  • 128
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida professor-o‘qituvchilar o‘rtasida “Eng yaxshi kitobxon o‘qituvchi” tanlovi tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi – pedagoglar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish, ularning ma’naviy dunyosini boyitishga qaratilgan. 

 

Tanlovda turli fakultetlardan professor-o‘qituvchilar ishtirok etib, o‘z bilim va kitobxonlik salohiyatlarini namoyish etdilar. Ishtirokchilar badiiy va ilmiy kitoblardan o‘qigan asarlari yuzasidan test imtihoni jarayonida o‘z intellektual salohiyatini ko‘rsatdilar.

 

Hakamlar hay'ati tomonidan o‘qituvchilarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishi, asarlarni tahlil qila olish mahorati, fikrlarni ravon ifoda etish ko‘nikmalari asosiy mezon sifatida baholandi.