Turkiyalik professor Ender Buyukko’zkara TISUda

Turkiyalik professor Ender Buyukko’zkara TISUda

  • 19.09.2025
  • 33
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida Turkiyaning Sakarya universiteti falsafa fanlari doktori, professor Ender Buyukko’zkara filologiya va tillarni o’qitish (tillar bo’yicha) ingliz tili yo’nalishi 2–3-bosqich talabalari uchun falsafa fanidan ma’ruzalar o‘tmoqda.

 

Professorning ma’ruzalari zamonaviy falsafiy qarashlar, ijtimoiy-gumanitar bilimlarning bugungi kundagi ahamiyati, shuningdek, talabalarda tanqidiy va erkin fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan. Mashg‘ulotlar davomida insoniyat tafakkurining tarixiy taraqqiyoti, falsafaning jamiyat hayotidagi o‘rni, axloqiy va ijtimoiy masalalarga falsafiy yondashuv kabi mavzular keng yoritib berilmoqda.

 

 Ushbu tashrif TISU talabalari uchun xalqaro tajriba almashish, xorijiy professorlar bilan bevosita muloqot qilish hamda til bilish darajalarini yanada oshirish uchun imkoniyat yaratmoqda.