TISUda ilmiy sohani rivojlantirish va ta’lim sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida ilmiy faoliyatni yanada rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish hamda ushbu yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan islohotlarni samarali tashkil etishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda ilmiy soha oldida turgan dolzarb vazifalar, ilmiy salohiyatni yuksaltirish, yosh olimlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy ta’lim metodlarini tatbiq etish va xalqaro tajribadan keng foydalanish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, ta’lim muassasalarida ilm-fan integratsiyasini kuchaytirish, ilmiy loyihalar samaradorligini oshirish, o‘quv jarayonini ilg‘or texnologiyalar asosida tashkil etish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.