TISUda kiberxavfsizlik bo‘yicha profilaktik tadbir o‘tkazildi

TISUda kiberxavfsizlik bo‘yicha profilaktik tadbir o‘tkazildi

  • 17.09.2025
  • 12
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida talabalar o‘rtasida kiberxavfsizlik madaniyatini shakllantirishga qaratilgan profilaktik tadbir tashkil etildi. Tadbirda viloyat IIB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoytalarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari ishtirok etishdi.

 

Mutaxassislar tomonidan talabalarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berilib, ayniqsa internet va turli ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan yolg‘on xabarlar yuzasidan qanday chora-tadbir ko‘rish kerakligi bo‘yicha tavsiyalar berildi.

 

Ta’kidlanganidek, kiberxavfsizlik madaniyatini shakllantirish va aholining onlayn xavfsizlik bo‘yicha savodxonligini oshirish bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biridir. Shu sababli ta’lim muassasalarida maxsus darslar, treninglar o‘tkazilmoqda. Shuningdek, ommaviy axborot vositalarida mavzuga oid ko‘rsatuv va maqolalarni muntazam yoritib borish ham aholi ongini mustahkamlashda samarali usul hisoblanadi.

 

Mazkur tadbir yoshlarni zamonaviy texnologiyalardan oqilona foydalanishga undash, ularni kiber tahdidlardan ogoh etish va axborot xavfsizligini ta’minlash yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.