Germaniyalik professor TISU talabalariga dars o‘tmoqda

Germaniyalik professor TISU talabalariga dars o‘tmoqda

  • 16.09.2025
  • 6
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida Germaniyaning Bremen universiteti iqtisodiyot va siyosiy fanlar doktori, professor Farid Muttaqi universitetning iqtisodiyot kafedrasi 2–3-bosqich talabalari uchun mutaxassislik fanlaridan ma’ruzalar o‘tmoqda.

 

Professor Farid Muttaqi talabalar bilan menejment va iqtisodiy siyosat fanlari bo‘yicha zamonaviy ilmiy qarashlar va xorijiy tajribalarni o‘rtoqlashmoqda. Dars jarayonlarida u nafaqat nazariy bilimlarni, balki amaliy misollar yordamida boshqa rivojlangan davlatlar iqtisodiy tajribalaridan kelib chiqqan tahlillarni ham taqdim etmoqda.

 

TISU talabalari uchun xorijiy professorning aynan ingliz tilida  dars berishi ularning til bilish darajasini oshirish, xalqaro iqtisodiy jarayonlarni chuqurroq tushunish hamda dunyo tajribasini o‘zlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.