TISUda tungi reyd tadbiri o‘tkazildi

TISUda tungi reyd tadbiri o‘tkazildi

  • 15.09.2025
  • 10
Blog Image

Talabalar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash maqsadida Termiz iqtisodiyot va servis universitetida profilaktik tadbir tashkil etildi.

 

Mazkur tadbirda universitet o‘qituvchilari, “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari hamda profilaktika inspektori Sh. Allayarov ishtirok etdi. Reyd davomida talabalar yashash joylari ko‘zdan kechirilib, ularning ijarada istiqomat qilayotgan sharoitlari bilan yaqindan tanishildi.

 

Shuningdek, tun vaqtida bemaqsad yurgan talabalar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, ularga ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalariga qat’iy amal qilish, huquqbuzarliklarning salbiy oqibatlari, shaxsiy xavfsizlikni ta’minlash va vaqtni mazmunli o‘tkazish borasida tushunchalar berildi.