TISUda “Qalqon” jamoatchilik guruhi uchun nomzodlar jismoniy sinovdan o‘tkazilmoqda

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida talabalarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jamoat tartibini saqlashga ko‘maklashish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda jinoyatchilik holatlariga qarshi kurashish maqsadida “Qalqon” jamoatchilik guruhi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Mazkur guruhga a’zo bo‘lish istagini bildirgan talabalar orasidan tanlov jarayoni bosqichma-bosqich o‘tkazilmoqda. Ayni paytda 400 nafar nomzod hujjat topshirib, jismoniy sinovlarda o‘z kuchini sinab ko‘rmoqda. Sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan talabalar keyinchalik “Qalqon” jamoatchilik guruhi tarkibiga qabul qilinadi.