Yosh kitobxon talaba

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yozgi ta’til davrida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida e’lon qilingan “Yosh kitobxon talaba” tanloviga start berilgandi. Bugun mazkur tanlovning saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovning asosiy maqsadi yoshlarni mutolaaga jalb qilish, ularda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirishdan iboratdir.
Tanlov shartlariga ko‘ra, talabalar yozgi ta’til davomida belgilangan 15 ta asar bilan tanishib chiqishlari va ular asosida turli bosqichlarda berilgan savollarga javob berishlari lozim. Saralash jarayonida talabalar o‘qigan asarlari yuzasidan o‘z bilimlarini namoyish etdilar.
“Yosh kitobxon talaba” tanlovining g‘oliblarini taqdirlash marosimi 25-sentabr kuni tantanali ravishda o‘tkaziladi. Tadbir doirasida eng faol va bilimdon talabalar pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.