TISU va Nijniy Novgorod davlat lingvistik universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti xalqaro aloqalarni rivojlantirish yo‘lida navbatdagi muhim qadamni tashladi. Universitetimiz Rossiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Nijniy Novgorod davlat lingvistik universiteti bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi.
Mazkur hujjat ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi ilmiy, ta’limiy va madaniy sohalarda hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi. Xususan, memorandum doirasida:
Nijniy Novgorod davlat lingvistik universiteti - 1917-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda Rossiyaning eng yirik lingvistik oliygohlaridan biri hisoblanadi. Universitet xorijiy tillar, tarjimashunoslik, xalqaro munosabatlar va pedagogika sohalarida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlab kelmoqda. Shuningdek, u Rossiya va dunyoning ko‘plab mamlakatlari ta’lim muassasalari bilan keng ko‘lamli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.
Imzolangan memorandum Termiz iqtisodiyot va servis universiteti hamda Nijniy Novgorod davlat lingvistik universiteti o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash bilan birga, ta’lim sifatini oshirish, xalqaro tajribani almashish va talabalarga keng imkoniyatlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.