TISU oʻqituvchilari "Zakovat"da g'olib boʻldi

TISU oʻqituvchilari "Zakovat"da g'olib boʻldi

  • 09.09.2025
  • 50
Blog Image

 Termiz iqtisodiyot va servis universiteti o’qituvchilari Mirzohid Ernazarov, Asror Shoimqulovlar “No comment” jamoasi tarkibida ishtirok etib, “Zakovat” klubida professional liga yozgi mavsum g‘oliblari deb topildi.

Surxondaryo viloyati “Zakovat” klubida professional liga yozgi mavsum g‘oliblari taqdirlandi. Jami 10 ta tur natijasiga ko‘ra, quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:

1-o‘rin: No Comment jamoasi;
2-o‘rin: Enigma jamoasi;
3-o‘rin: Ideal Plus jamoasi.

Ushbu jamoalarga “Zakovat intellektual klubi” NNT tomonidan diplom va pul mukofotlari topshirildi.