TISUda korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha yig‘ilish

TISUda korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha yig‘ilish

  • 08.09.2025
  • 32
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida xodimlar uchun korrupsiyaga qarshi kurashish masalasiga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilish tashkil etildi. Tadbir davomida korrupsiya illatining jamiyat va ta’lim tizimiga salbiy ta’siri, u keltirib chiqaradigan oqibatlar keng muhokama qilindi.

 

Yig‘ilishda so‘z olganlar korrupsiya holatlari yuzaga kelganda zudlik bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens-nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Sh. Usmonovga murojaat qilish lozimligini alohida ta’kidlab o‘tishdi. Bu tizim orqali korrupsion holatlarning oldini olish, ularni aniqlash va qonuniy choralar ko‘rish mexanizmlari haqida xodimlarga batafsil ma’lumotlar berildi.

 

Shuningdek, yig‘ilish davomida ta’lim va o‘quv jarayonida yuzaga keladigan har qanday murojaat va savollar bo‘yicha Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor U. Xudayberdiyevning onlayn botiga murojaat qilish imkoniyati mavjudligi ham eslatib o‘tildi. Xodimlarga bu borada kerakli ko‘rsatmalar va aloqa manzillari taqdim etildi.

 

Mazkur yig‘ilish universitet jamoasida halollik, oshkoralik va adolat tamoyillarini mustahkamlash, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli bo‘ldi.