TISUda 2025–2026-o‘quv yili uchun ustuvor vazifalar belgilandi

TISUda 2025–2026-o‘quv yili uchun ustuvor vazifalar belgilandi

  • 28.08.2025
  • 33
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rahbariyati, prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari hamda universitet xodimlari ishtirok etdilar. 

Mazkur yig‘ilishda yangi o‘quv yili oldidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar atroflicha muhokama qilindi va kelgusida bajarilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Universitet rektori A. Sattarov yig‘ilish avvalida barcha professor-o‘qituvchilar va xodimlarni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi bilan tabrikladi. Shuningdek, u 2025–2026-o‘quv yilida kutilayotgan yangiliklar, amalga oshiriladigan islohotlar va yangicha yondashuvlar haqida batafsil so‘z yuritdi.

 

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor U. Xudayberdiyev o‘z chiqishida yangi o‘quv yilining  dastlabki kunlaridan boshlab talabalarni universitet muhitiga moslashtirishga qaratilgan muhim vazifalarni sanab o‘tdi. Jumladan, birinchi bosqich talabalarini “Kredit ta’lim tizimiga kirish” haftaligi orqali yangi ta’lim jarayonlari bilan yaqindan tanishtirish, ularning darslarga tezkor moslashuvini ta’minlash rejalashtirilmoqda. Shuningdek, “Talabalikka bag‘ishlov” tadbirini o‘tkazish belgilandi. Mazkur tadbirlar talabalarning universitet hayotiga faol kirib kelishiga xizmat qiladi.

 

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor S. Eshkarayev yig‘ilishda universitet ilmiy salohiyatini oshirishga qaratilgan strategik loyiha taqdimotini amalga oshirdi. Unga ko‘ra, yangi o‘quv yilida ilmiy jurnallar sonini ko‘paytirish, ularning sifatini xalqaro standartlarga moslashtirish hamda professor-o‘qituvchilarning ilmiy maqolalariga qo‘yiladigan talablarni kuchaytirish lozimligi ta'kidlandi. Bundan tashqari, universitetda ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash va xalqaro miqyosdagi ilmiy hamkorlikni kengaytirish masalalari ham alohida e’tibor markazida bo‘ldi.

 

Yig‘ilish so‘nggida barcha mas’ul shaxslarga qo‘shimcha topshiriqlar berildi. Universitetning barqaror rivojlanishi, ta’lim sifati va ilmiy faoliyatni yanada takomillashtirish uchun muhim qarorlar qabul qilindi.