Termizda ilm-fan va innovatsiyalar haftaligi davom etmoqda

Termizda ilm-fan va innovatsiyalar haftaligi davom etmoqda

  • 27.08.2025
  • 34
Blog Image

Termiz davlat universitetining Ilmiy tadqiqotlar markazi binosida INNOWEEK-2025 haftaligi doirasida “Ilmiy ishlanmalar, startap loyihalar va innovatsion mahsulotlar ko‘rgazmasi” o‘z ishini boshladi. Ikki kun davom etadigan mazkur ko‘rgazmada nafaqat ilmiy izlanishlar, balki yangi g‘oyalar, kreativ yondashuvlar va amaliy natijalar o‘z aksini topmoqda.

Ko‘rgazmada Termiz iqtisodiyot va servis universiteti ilmiy bo‘limi xodimlari ham faol ishtirok etib, professor-o‘qituvchilar hamda yosh tadqiqotchilarning ilmiy ishlanmalari va innovatsion g‘oyalarini keng jamoatchilik e’tiboriga havola qilmoqda.