Tibbiyot fakulteti jamoasi umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi bayramiga tayyorgarlik ko‘rish, atrof-muhitni asrab-avaylash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida, joriy yilning 22–23-avgust kunlari mamlakatimiz bo‘ylab umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.
Mazkur ezgu tashabbus doirasida universitetimiz Tibbiyot fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari ham faol qatnashib, o‘z hududlarini obodonlashtirish, yashil hududlarni tartibga keltirish ishlariga munosib hissa qo‘shdi. Jamoa a’zolari daraxt va gul ko‘chatlarini parvarish qilish, hududni chiqindilardan tozalash, o‘quv binolari atrofini obodonlashtirish ishlarini amalga oshirdilar.
Bunday an'analar nafaqat ekologik muhitni sog‘lomlashtirish, balki jamoatchilik o‘rtasida tozalik vа sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.