Ton Duk Thang universiteti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

Ton Duk Thang universiteti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

  • 13.08.2025
  • 51
Blog Image

 Indoneziyadagi xizmat safari davomida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti vakillari Vyetnamning Ton Duk Thang universiteti rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot chog‘ida ikki oliygoh o‘rtasida professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, malaka oshirish kurslarini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Ton Duk Thang universiteti 1997-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Ho Chi Minh shahrida joylashgan yirik davlat oliygohidir. Universitet 43 bakalavriat va 23 magistratura dasturiga ega bo‘lib, texnika, iqtisod, axborot texnologiyalari, farmatsiya va boshqa yo‘nalishlarda ta’lim beradi.

Oliy ta’lim muassasasi xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallab kelmoqda (QS World – 684, THE – 601–800, QS Asia – 138) hamda FIBAA, HCÉRES, AUN-QA kabi nufuzli akkreditatsiyalarga ega. Zamonaviy yashil kampusi, sport inshootlari va xalqaro hamkorlik dasturlari bilan mashhur.