Ikki diplomli ta’lim imkoniyati yaratildi

Indoneziyaning Pendikan universiteti Iqtisodiyot fakulteti bilan Termiz iqtisodiyot va servis universiteti o‘rtasida iqtisodiyot yo‘nalishida qo‘shma ta’lim dasturini amalga oshirish bo‘yicha shartnoma imzolandi.
Kelishuvga ko‘ra, bakalavriat bosqichida “3+1” modeli, magistratura bosqichida esa “1+1” modeli joriy etiladi. Ushbu dastur orqali talaba 3 yil Termizda, 1 yil Pendikan universitetida (yoki magistratura uchun 1 yil + 1 yil) tahsil olib, ikki oliygoh — Termiz iqtisodiyot va servis universiteti hamda Pendikan universiteti diplomlariga ega bo‘ladi.
Mazkur hamkorlik nafaqat talabalarga xorijiy ta’lim muhitida o‘qish imkonini beradi, balki xalqaro tajribaga ega mutaxassislar yetishtirishga ham xizmat qiladi.