Vakillarimiz Indoneziyadagi nufuzli xalqaro konferensiyada

Vakillarimiz Indoneziyadagi nufuzli xalqaro konferensiyada

  • 09.08.2025
  • 380
Blog Image

Indoneziyaning Pendikan universitetida “Biznesni boshqarish va tadbirkorlik” yo‘nalishida 10-xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu ilmiy anjumanda Termiz iqtisodiyot va servis universiteti professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etishmoqda.

Mazkur tadbirda universitetimiz ham hamkor tashkilot sifatida qatnashib, ilmiy hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga hissa qo‘shmoqda. Konferensiyaga taqdim etilgan ilmiy maqolalar dunyoning yetakchi nashriyotlaridan biri – Springer tomonidan chop etilib, Scopus xalqaro bazasidagi nufuzli jurnallarda e’lon qilinadi.

 Bu esa nafaqat universitetimiz ilmiy salohiyatini oshirish, balki o‘zbek olimlarining ilmiy ishlanmalarini jahon miqyosida keng targ‘ib qilish imkonini yaratadi.