TISU magistratura bitiruvchilariga diplomlar topshirildi

TISU magistratura bitiruvchilariga diplomlar topshirildi

  • 17.07.2025
  • 569
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida magistratura bosqichini muvaffaqiyatli yakunlagan talabalarga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir universitet miqyosida tantanali va ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

Joriy 2024–2025 o‘quv yilida universitetning magistratura mutaxassisliklarini 182 nafar talaba muvaffaqiyatli tamomladi. Jumladan:

  • 32 nafar talaba — Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) yo‘nalishi,
  • 114 nafar talaba — Xorijiy til va adabiyoti (tillar bo‘yicha) yo‘nalishi,
  • 30 nafar talaba — Iqtisodiyot yo‘nalishi,
  • 6 nafar talaba — Davlat moliyaviy nazorati va auditi yo‘nalishi bo‘yicha magistratura mutaxassisligini muvaffaqiyatli yakunladi.

Tadbirda bitiruvchilarning ota-onalari, ustoz va murabbiylar, universitet professor-o‘qituvchilari, keng jamoatchilik vakillari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Marosim davomida bitiruvchilarga diplomlar tantanali tarzda topshirildi, ularning o‘qish davomida ko‘rsatgan intilishi, ilmiy izlanishlari va erishgan yutuqlari alohida e’tirof etildi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar bitiruvchilarni samimiy tabriklab, ularga kelgusi mehnat faoliyatlarida katta zafarlar, mustahkam iroda va muvaffaqiyatlar tiladilar.