TISUda Prezident va nomdor davlat stipendiyalari tanlovi uchun saralash bosqichi boshlandi

TISUda Prezident va nomdor davlat stipendiyalari tanlovi uchun saralash bosqichi boshlandi

  • 12.07.2025
  • 12
Blog Image

 Termiz iqtisodiyot va servis universitetida 2025–2026-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi hamda Alisher Navoiy, Ibn Sino, Islom Karimov, Mirzo Ulug‘bek, Beruniy kabi nomli davlat stipendiyalariga tavsiya etish bo‘yicha saralash bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Tanlovda universitetning bakalavriat bosqichida tahsil olayotgan iqtidorli, tashabbuskor va yuqori o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan talabalar ishtirok etmoqdalar. Ular o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy ishlanmalari, ijtimoiy faolligi va yetakchilik salohiyatlari bilan baholanmoqda.

Mazkur bosqich yakunlariga ko‘ra, eng munosib talabalar universitet tomonidan tavsiya etilib, tanlovning keyingi – respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.