TISUda navbatdagi Kengash yig'ilishi

TISUda navbatdagi Kengash yig'ilishi

  • 11.07.2025
  • 10
Blog Image

 Termiz iqtisodiyot va servis universitetida navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda universitet rahbariyati, Kengash a’zolari, prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari va kafedra mudirlari ishtirok etdilar.

Mazkur yigʻilishda 2024-2025-oʻquv yili yakunlari va kelgusi davr uchun ustuvor vazifalar atroflicha muhokama qilindi.

Muhokama qilingan asosiy yo‘nalishlar:

2024-2025-oʻquv yili yakunlari:
Pedagogik jamoaning yillik faoliyati tahlil qilinib, oʻquv reja va dasturlar ijrosi yuzasidan batafsil maʼlumot berildi. Shuningdek, yozgi sessiya natijalari, talabalar tomonidan oʻzlashtirish darajasi, fanlar kesimidagi koʻrsatkichlar hamda o‘quv jarayonining sifat ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. 

 Kasaba uyushmasi qoʻmitasi faoliyati:
Universitet kasaba uyushmasi tomonidan 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tinglandi. Ishchi-xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini yaxshilash, madaniy va sport tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha qilingan amaliy ishlar va kelgusidagi rejalarga to‘xtalib o‘tildi. Qo‘mita tomonidan ijtimoiy hamkorlikni mustahkamlash borasida olib borilgan ishlar yuqori baholandi.

 Ilmiy unvonlarga tavsiyalar:
Universitetda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati, chop etilgan maqolalari, ilmiy ishlar natijasi asosida ayrim nomzodlarni ilmiy unvonlarga tavsiya etish masalalari ko‘rib chiqildi. 

Yig‘ilish yakunida mas'ullarga qo‘shimcha topshiriqlar berilib, universitetning barqaror rivojlanishi uchun muhim qarorlar tasdiqlandi. Ushbu qarorlar universitetning ta'lim sifati, ilmiy salohiyati va talabalarning kasbiy rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda.