TISU talabasi Osiyo chempionatida g‘olib bo‘ldi

TISU talabasi Osiyo chempionatida g‘olib bo‘ldi

  • 08.07.2025
  • 15
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha) yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Jumanazarov Samandar Sherali o‘g‘li sportning aralash jang san’ati (MMA) turi bo‘yicha ulkan yutuqqa erishdi.

U Qozog‘iston Respublikasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida 57 kg vazn toifasida ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni egalladi. Shuningdek, Samandar Malayziyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga yo‘llanmani ham qo‘lga kiritdi.

Samandarni ushbu yutug‘i bilan samimiy tabriklab, yosh sportchiga kelgusi faoliyatida ham muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.