TISU delegatsiyasining Indoneziyadagi safari muvaffaqiyatli yakunlandi

TISU delegatsiyasining Indoneziyadagi safari muvaffaqiyatli yakunlandi

  • 01.07.2025
  • 18
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti delegatsiyasining Indoneziyadagi yozgi ta’lim dasturi doirasidagi safari o‘z nihoyasiga yetdi. Safari davomida TISU vakillari – professor-o‘qituvchilar va talabalar – Indoneziya Pedagogika universitetida o‘tkazilgan xalqaro o‘quv-amaliy dasturlarda faol ishtirok etdilar.

Yozgi ta’lim dasturi doirasida ishtirokchilar turli yo‘nalishlarda tashkil etilgan mahorat darslari, seminar-treninglar, madaniy almashinuv tadbirlari hamda ilmiy uchrashuvlarda qatnashdilar. Bu tashrif TISU talabalari uchun nafaqat kasbiy bilimlarini oshirish, balki xalqaro tajriba orttirish, boshqa madaniyatlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatini berdi.

Tashrif yakunida Indoneziya Pedagogika universiteti tomonidan tantanali xayrlashuv oqshomi tashkil etildi. Tadbirda ikki universitet o‘rtasidagi do‘stona hamkorlik aloqalari, o‘zaro tajriba almashuvining ahamiyati alohida e’tirof etildi. Shuningdek, TISU delegatsiyasi a’zolariga – o‘qituvchilar va talabalarga – muvaffaqiyatli ishtiroki uchun maxsus sertifikatlar topshirildi.