Xalqaro hamkorlik aloqalari

Indoneziyadagi Termiz iqtisodiyot va servis universiteti delegatsiyasi, universitet rektori, dotsent A.Sattarov boshchiligida, Indoneziya Pedagogika universitetining Xalqaro aloqalar bo‘limi rahbari doktor Nandi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv doirasida tomonlar ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi mavjud va istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlarini atroflicha muhokama qildilar. Xususan, QS Ranking, Times Higher Education va Impact Ranking kabi nufuzli xalqaro reytinglarda o‘zaro tajriba almashish va bu boradagi ilmiy-tahliliy hamkorlikni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuvda, shuningdek, akademik almashinuv dasturlarini rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun qo‘shma ta’lim loyihalarini tashkil etish, qo‘shma ilmiy-amaliy konferensiyalar va tadbirlar o‘tkazish orqali ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha fikrlar almashildi.