TISU talabalari Indoneziya Pedagogika universitetida

TISU talabalari Indoneziya Pedagogika universitetida

  • 24.06.2025
  • 59
Blog Image

 Termiz iqtisodiyot va servis universiteti talabalari yozgi ta'lim dasturi doirasida xalqaro miqyosdagi o‘quv jarayonlarida faol ishtirok etishmoqda. Indoneziya Pedagogika universiteti o‘qituvchisi Raden Safrina tomonidan “Indoneziyaning zamonaviy ijtimoiy konteksti” mavzusida qiziqarli va mazmunli ma’ruzalar o‘qib berildi.

 Ushbu ma’ruzalar davomida Indoneziya jamiyatining bugungi holati, madaniy xilma-xilligi, diniy bag‘rikenglik, iqtisodiy o‘zgarishlar va yoshlar orasidagi ijtimoiy tendensiyalar kabi masalalar atroflicha yoritildi.

Tinglovchilar ma’ruzalarda faol ishtirok etib, mavzuga oid savollar berishdi, o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi. Ayniqsa, O‘zbekiston va Indoneziya jamiyatlari o‘rtasidagi umumiyliklar hamda farqlarni muhokama qilish orqali bilimlarini kengaytirishdi.