TISU talabalari hayvonot bog'ida

TISU talabalari hayvonot bog'ida

  • 23.06.2025
  • 73
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetining Indoneziyada malaka oshirayotgan talabalar guruhi dam olish kunini maroqli o‘tkazish maqsadida Bandung shahrida joylashgan mashhur hayvonot bog‘iga sayohat uyushtirishdi.

Sayohat davomida talabalar hayvonot bog‘ining boy biologik xilma-xilligini tomosha qilishdi. Ular noyob va ekzotik hayvonlar — yo‘lbars, sher, jirafa, fil, turli xil qushlar hamda suv hayvonlarini yaqindan kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.