TISU va Indoneziya Pedagogika universiteti o‘rtasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

TISU delegatsiyasi Indoneziya Pedagogika universitetida (Universitas Pendidikan Indonesia – UPI) rasmiy tashrif bilan bo‘lib, ikki tomonlama hamkorlik doirasida qator muhim uchrashuvlar o‘tkazdi.
Tashrif doirasida TISU rektori A. Sattarov Indoneziya Pedagogika universitetining turli fakultet vakillari bilan uchrashdi. Jumladan, uchrashuvda Matematika va aniq fanlar fakulteti dekani Dr. Adi Rahmati, Muhandislik va sanoat ta’limi fakulteti dekani Dr. Agus Setiawan, Iqtisodiyot va biznes fakulteti dekan o‘rinbosari Dr. Toni Heryana, Tibbiyot fakulteti dekan o‘rinbosari Dr. Pipit Pitriani hamda universitetning xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Dr. Nandilar ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida tomonlar o‘rtasida quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi:
Mazkur uchrashuv natijasida tomonlar o‘zaro kelishuvga erishib, hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va istiqbolli tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.