TISUda magistrlik dissertatsiya ishi himoyalari davom etmoqda

TISUda magistrlik dissertatsiya ishi himoyalari davom etmoqda

  • 18.06.2025
  • 39
Blog Image

Universitetimizda magistratura mutaxassisligi bo‘yicha bitiruvchi kurs talabalari oʻrtasida 2024-2025-oʻquv yili uchun yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari, dissertatsiya ishi himoyalari davom etmoqda. 

Xususan, Xorijiy til va adabiyoti (tillar bo‘yicha) mutaxassisligida tahsil olgan talabalar tanlagan mavzulari yuzasidan dissertatsiya ishini himoya qilishmoqda. 

Himoya ishida Davlat attestatsiya komissiyasi raisi, Iqtisodiyot va pedagogika universiteti professori, xorijiy tillar kafedrasi mudiri Maysara Daniyeva ishtirok etdi.  Jarayonda ma'ruza qilingan magistrlik dissertatsiya ishi mavzulari yuzasidan savol-javoblar ham bo‘lib o‘tdi.