TISUda professor-o‘qituvchilarning uchinchi an’anaviy ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida ilm-fan va amaliy tajribaning uyg‘unligini ta’minlash, professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini namoyon etish va ularga ilmiy izlanishlar natijalarini muhokama qilish uchun qulay sharoit yaratish maqsadida navbatdagi — uchinchi an’anaviy ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilmoqda.
Mazkur konferensiyada 200 ga yaqin professor-o‘qituvchilar faol ishtirok etmoqda. Ishtirokchilar 16 ta sho‘ba bo‘yicha taqsimlanib, o‘zlarining ilmiy ma’ruzalari bilan chiqish qilmoqdalar. Ma’ruzalarda iqtisodiyot, menejment, axborot texnologiyalari, pedagogika, tilshunoslik, turizm, tibbiyot sohasi va boshqa yo‘nalishlardagi dolzarb ilmiy va amaliy masalalar muhokama qilinmoqda.
Konferensiya davomida har bir sho‘bada ilgari surilgan g‘oyalar va takliflar ekspertlar tomonidan baholanib, ijobiy baho olgan ma’ruzalar hamda saralangan tezislar umumlashtiriladi va ilmiy to‘plam shaklida nashrga tavsiya etiladi.