“Yozni kitob bilan o‘tkazaman!”

“Yozni kitob bilan o‘tkazaman!”

  • 11.06.2025
  • 54
Blog Image

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Termiz iqtisodiyot va servis universitetida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir Surxondaryo viloyat bolalar kutubxonasi bilan hamkorlikda tashkil etildi va “Yozni kitob bilan o‘tkazaman” shiori ostida o‘tkazildi.

 

Tadbirning asosiy maqsadi – talaba-yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, mutolaa orqali ularda mustaqil fikrlash ko‘nikmasini shakllantirish va ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarishdan iborat. Tadbirni universitet rektori A.Sattarov ochib berdi. So‘zga chiqqanlar kitobning inson tafakkuridagi o‘rni, yoshlarning ma’naviy kamolotidagi ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tishdi.

 

Tadbir davomida talabalar o‘rtasida mashhur badiiy asarlar yuzasidan qiziqarli savol-javoblar tashkil etildi. Ishtirokchilar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazib, bir-biridan maroqli fikrlar bilan o‘rtoqlashishdi. Eng faol va to‘g‘ri javob bergan talabalarga tashkilotchilar tomonidan kitob sovg‘a qilindi.