TISUda magistrlik dissertatsiyalari himoyasi qizg‘in jarayonda

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida 2024-2025-o‘quv yili uchun yakuniy davlat attestatsiyasi doirasida magistratura bosqichida tahsil olayotgan bitiruvchi kurs talabalari dissertatsiya ishlarini himoya qilishmoqda.
Ayni paytda "Davlat moliyasi va xalqaro moliya" ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olgan magistrantlar o‘z ilmiy izlanishlari natijalarini Davlat attestatsiya komissiyasi a’zolari oldida taqdim etishmoqda.
Jarayonda professor-o‘qituvchilar tomonidan har bir taqdimot chuqur tahlil qilinib, savol-javoblar orqali talabalar bilim darajasi, tahliliy yondashuvi va ilmiy saviyasi sinovdan o‘tkazilmoqda. Magistrantlar o‘z ishlarini zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida tayyorlab, mavzular doirasidagi muammolarga kreativ va kompleks yechimlar taklif etishmoqda.