Ezgu tashabbus

Pedagogika va psixologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari Qurbon hayiti arafasida ezgu tashabbus bilan chiqishdi
Qurbon hayiti munosabati bilan yurtimizda mehr-oqibat, saxovat kabi ezgu qadriyatlar keng targ‘ib etilmoqda. Ushbu xayrli kunlar arafasida Pedagogika va psixologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan ezgu tashabbus amalga oshirildi.
Kafedra jamoasi Termiz shahridagi "Baynalminal" mahallasida istiqomat qiluvchi ehtiyojmand oilalar holidan xabar olib, ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatdi. Tashrif chog‘ida oila a’zolari bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularga bayram munosabati bilan oziq-ovqat mahsulotlari, gigiyena vositalari topshirildi.
Bu kabi xayrli ishlar nafaqat ijtimoiy birdamlikni mustahkamlashga, balki yoshlarda mehr-oqibat, insonparvarlik va ijtimoiy mas’uliyat tuyg‘ularini rivojlantirishga ham xizmat qiladi.