Universitetda taniqli tarixchi olim Qahramon Rajabov dars mashg‘ulotlarini olib bormoqda

Universitetda taniqli tarixchi olim Qahramon Rajabov dars mashg‘ulotlarini olib bormoqda

  • 04.06.2025
  • 47
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida taniqli tarixchi olim, tarix fanlari doktori, professor, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix instituti bosh ilmiy xodimi Qahramon Rajabov tarix ta'lim yo‘nalishi talabalariga dars mashg‘ulotlarini olib bormoqda. 

Professor Qahramon Rajabov Oʻzbekiston va Turkiston tarixini o‘rganishda muhim ilmiy izlanishlar olib borgan yetuk olim sifatida e’tirof etiladi. Uning ilmiy izlanishlari, ayniqsa, Turkistondagi istiqlolchilik va jadidchilik harakatlari, mashhur siymolar va qoʻrboshilar faoliyati, sovet davridagi qatagʻon siyosati, Oʻrta Osiyoda oʻtkazilgan milliy-hududiy chegaralanish siyosati va uning tarixiy oqibatlariga bag‘ishlangan.

Shuningdek, olim Oʻzbekiston davlatchiligi shakllanishi tarixida Buxoro amirligi va Xiva xonligining tutgan oʻrni, ularning siyosiy va madaniy merosini o‘rganishda ham katta hissa qo‘shgan. Aynan shu kabi mavzulardagi dars mashg‘ulotlari orqali tarix yo‘nalishi talabalari Vatanimiz tarixiga nisbatan yanada chuqur qiziqish bilan yondashmoqdalar.

Professor Rajabovning darslari nafaqat nazariy bilim, balki tarixiy tafakkur, milliy g‘urur va vatanparvarlik ruhida tarbiyalovchi amaliy saboqlarni ham o‘z ichiga oladi. Bu esa yosh avlodning tarixiy xotira va qadriyatlarga hurmat bilan qarashiga xizmat qilmoqda.