Istanbul universiteti delegatsiyasi TISUning tibbiyot fakultetida

Istanbul universiteti delegatsiyasi Termiz iqtisodiyot va servis universitetidagi Tibbiyot fakultetiga tashrif buyurdi. Delegatsiya a'zolari u yerda tahsil olayotgan talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, dars mashgʻulotlari jarayonlari bilan tanishdi.
Aytish kerakki, bugun aynan tibbiyot yoʻnalishida tahsil oluvchilar uchun nafaqat nazariy bilimlar berilmoqda, balki amaliy tajribalar ham muntazam ravishda oʻrgatilib kelinmoqda. Xususan, fakultetdagi mavjud fan laboratoriyalari va mulyajlar amaliy darslarda qoʻl kelmoqda. Turkiyaning “ERMETAL” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan qiymati 360 ming yevro bo‘lgan uskunalar oʻrnatilgan laboratoriyada stomatologiya amaliyotlari oʻtkazilmoqda.
Shundan soʻng, universitet qoshida ochilgan “Sultan Hospital” klinikasi faoliyati bilan tanishildi. U yerda talabalar bemorlarni qabul qilishdan tortib, jarrohlik operatsiyalarida ham qatnashish imkoniyatiga ega boʻlishayotgani alohida aytib oʻtildi.