Kamiyama Gakuin Yapon tili maktabi delegatsiyasi TISUda

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti xalqaro hamkorlik doirasida nufuzli mehmonlarni qabul qildi. Kamiyama Gakuin Yapon tili maktabi direktori Kamiyama Shinji hamda mazkur maktabning Xalqaro strategik tashabbuslar, Markaziy Osiyo bo‘yicha koordinatori Sayfiddin Atamuradov boshchiligidagi delegatsiya universitetga tashrif buyurdi.
Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar. Xususan, universitetning til markazida yapon tilini o‘qitishni yo‘lga qo‘yish borasida kelishuvga erishildi. Bu tashabbus ikki tomonlama ta’lim aloqalarini mustahkamlash, talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratish va yapon tilini o‘rganishga qiziqishni oshirishga xizmat qiladi.