“TISU Tibbiyot” jamoasi g’oliblikni qo’lga kiritdi

“TISU Tibbiyot” jamoasi g’oliblikni qo’lga kiritdi

  • 30.05.2025
  • 100
Blog Image

Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida tashkil etilgan “Munozara” intellektual o‘yinining hududiy bosqichi yuksak saviyada o‘tkazildi.  Ushbu musobaqa yoshlar orasida tanqidiy fikrlash, erkin va asosli mulohaza yuritish, shuningdek, ijtimoiy-siyosiy faollikni oshirish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, u ko‘plab talabalar uchun bilim va salohiyatni namoyon etish maydoniga aylandi.

 

 Mazkur bellashuvda Termiz iqtisodiyot va servis universitetining “TISU Tibbiyot” jamoasi munosib ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni egalladi. Talabalarimiz har bir bahsda o‘zlarining puxta tayyorgarligi, dolzarb masalalarga nisbatan chuqur yondashuvi va nutq madaniyatini namoyon qildi.

 

G‘olib jamoalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.