TISU o‘qituvchisi Zohidjon Jo‘rayev g‘oliblikni qo‘lga kiritdi!

2025-yil 23-24-may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xamda Osiyo Xalqaro universiteti hamkorligida "Fundamental tibbiy ta’limning dolzarb muammolari: innovatsion yondashuv va istiqbolli yechimlarini tadqiq etish" mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.
Unda Termiz iqtisodiyot va servis universiteti, Tibbiy fundamental fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Zohidjon Jo‘rayev o‘zining "Mamlakatimizda o‘sadigan garmala (peganum harmala) dorivor o‘simligining farmakognostik tavsifi va undan zamonaviy dori sanoatida foydalanishning muhim tomonlari " nomli ilmiy-tahliliy loyihasi bilan ishtirok etdi.
Loyiha ilmiy-amaliy anjuman ishitrokchilari va tashkilotchilarida katta qiziqish uyg‘otdi. Anjuman tashkilotchilari doirasida, mazkur milliy loyiha bo‘yicha tezlikda patentga topshirish va dorivor o‘simlikni aprobatsiyadan o‘tkazishga tayyorlash bo‘yicha respublika rahbariyatiga taklif kiritishga kelishildi.
Loyiha muallifi Zohidjon Jurayev ilmiy-amaliy anjuman hay’at a’zolari tomonidan faxrli 1-darajali diplom bilan taqdirlandi.