TISUda respublika ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi

TISUda respublika ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi

  • 24.05.2025
  • 157
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “Ilm-fan, ta'lim, innovatsiya: tarix fanlarining dolzarb masalalari va zamonaviy jihatlari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtmoqda. 

 

Anjumanda oliy ta'lim tizimini ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, fan, ta'lim va ishlab chiqarishning mustahkam integratsiyasini ta'minlash asosida ta'lim sifatini yaxshilash, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish tizimidagi muammolar va ularni hal etish yoʻllari, ilgʻor padagogik tajriba va innovatsiyalarni umumlashtirish va ommalashtirish hamda ilmiy va amaliy yutuqlar muhokama qilindi.

 

Konferensiyada Termiz davlat universiteti, Termiz davlat pedagogika instituti, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi tarix instituti professor-oʻqituvchilari ishtirok etib, ma'ruza qilishdi. 

 

Anjumanda shoʻ'balarda: 


- Tarix fanida metodologiya va tarixiy tadqiqotlar.
- Tarixiy manbashunoslik va tarixshunoslik masalalari.
- Zamonaviy arxeologiya va etnologiyaning dolzarb muammolari.
- Xalqaro munosabatlar va harbiy ishlar tarixi.
- Tarix va zamonaviylik: falsafa, madaniyat, jamiyat.
- Oʻzbekiston tarixi fanida zamonaviy innovatsion ta'lim va ta'limdagi raqamli texnologiyalar.
- Surxondaryo sivilizatsiyalar chorrahasida: kecha va bugun kabi mavzular tahlil qilindi.