TISUda “Vazir kubogi” uchun kurash musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida yigitlar o‘rtasida kurash sport turi bo‘yicha “Vazir kubogi”ning universitet bosqichi tashkil etildi. Mazkur sport musobaqasi sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, talabalarning jismoniy faolligini oshirish hamda iqtidorli sportchilarni aniqlash maqsadida o‘tkazildi.
Musobaqada talabalar 60 kg, 66 kg, 73 kg, 81 kg va 90 kg vazn toifalarida o‘zaro bellashdilar. Har bir toifa bo‘yicha talabalar o‘z mahoratlarini namoyish etib, g‘alaba uchun astoydil kurash olib bordilar. Qizg‘in va murosasiz bahslar yakunida har bir vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
60 kg vaz toifasida:
1-o‘rin: Musayev Maxmud Tarix yo’nalishi;
2-o‘rin: Ismatullayev Doston Jismoniy madaniyat yo’nalishi;
3-o‘rin: Karimov Shaxboz Jismoniy madaniyat yo’nalishi;
66 kg vaz toifasida:
1- o‘rin: Jo’rayev Zokir Jismoniy madaniyat yo’nalishi;
2- o‘rin: Xamurayev Farux Jismoniy madaniyat yo’nalishi;
3- o‘rin: Ismonov Behruz Yo‘ldosh o‘g‘li Jismoniy madaniyat yo’nalishi;
73 kg vaz toifasida:
1- o‘rin: Yuldoshev Elbek Jismoniy madaniyat yo’nalishi;
2- o‘rin: Xo‘jamurodov Jamshid Jismoniy madaniyat yo’nalishi (sirtqi);
3- o‘rin: Umarov Begzod Jismoniy madaniyat yo’nalishi (sirtqi );
81 kg vaz toifasida:
1- o‘rin: Berdishukurov O’rol tarix yo’nalishi (sirtqi);
2- o‘rin: Xayitov Sardor tarix yo’nalishi (sirtqi);
3-o o‘rin: Jalg‘ashov Toxir Jismoniy madaniyat yo’nalishi (sirtqi );
+90 kg vaz toifasida:
1- o‘rin: Toshpo‘latov Bekmurod jismoniy madaniyat yo’nalishi;
2- o‘rin: Xasanov Abdujabbor tarix yo’nalishi (sirtqi);
3- o‘rin: Sulaymonov Samandar buxgalteriya hisobi yo’nalishi;
Mazkur musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etgan talabalar endilikda “Vazir kubogi”ning hududiy bosqichlarida universitet sha’nini munosib himoya qilishi rejalashtirilgan.