Professor Dr. K.G.B. Santhosh Kumari bilan samimmiy muloqot

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida 2024-2025-o‘quv yilining bahorgi semestrida xalqaro miqyosda tan olingan ESL (English as a Second Language) treneri, professor Dr. K.G.B. Santhosh Kumari tomonidan og‘zaki nutq amaliyoti fanidan ma’ruza va amaliyot mashg‘ulotlari muvaffaqiyatli olib borildi. Ushbu darslar Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalarining ingliz tilida muloqot qilish ko‘nikmalarini shakllantirish va mustahkamlashda muhim omil bo‘ldi.
Professor Dr. K.G.B. Santhosh Kumari o‘zining boy tajribasi va interaktiv dars uslublari orqali talabalar bilan jonli muloqotlar tashkil etib, ularning og‘zaki ifoda qilish, fikr almashish, bahs-munozara olib borish kabi til ko‘nikmalarini sezilarli darajada rivojlantirdi.
TISU jamoasi professor Kumari xonimga samarali pedagogik faoliyati uchun chuqur minnatdorchilik bildiradi va kelgusida ham o‘zaro ilmiy va akademik hamkorlikni davom ettirish niyatida ekanligini ma’lum qiladi.