“Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari uchun ma’rifat darslari tashkil etildi

“Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari uchun ma’rifat darslari tashkil etildi

  • 23.05.2025
  • 168
Blog Image

Ma’rifat darslarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy tashriflariga alohida e’tibor qaratildi. Davlat rahbarining xorijiy davlatlarga amalga oshirgan tashriflari doirasida erishilgan kelishuvlar, strategik hamkorlik aloqalari va bu tashriflarning mamlakatimiz taraqqiyotiga ta’siri haqida fikr almashildi.

 

Bundan tashqari, yer xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, dehqonchilik va fermerlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi yangiliklar talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi. Soliq tizimidagi o‘zgarishlar, ularning tadbirkorlik faoliyatiga ta’siri, shuningdek, aholining moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan ham qizg‘in muhokamalar olib borildi.

 

Tadbir yakunida talabalar mamlakatda sodir bo‘layotgan dolzarb yangiliklarga nisbatan chuqurroq tushunchaga ega bo‘ldilar.